Futboldan murabbiylikga o‘tgan o‘tmish yulduzlari

Yaqin orada faoliyatini tugatgan o‘tmishning eng yaxshi futbolchilari endilikda faoliyatlarini murabbiylik sohasida sinab ko‘radi. Quyida shular xususida so‘z yuritamiz.
Andrey Shevchenko
Ukraina futboli yorqin namoyondasi bo‘lgan Andrey Shevchenko ham endilikda murabbiylik sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Endilikda u mamlakat terma jamoasini boshqaradi. Futbolchilik faoliyati davomida “Chelsi”, “Milan”, “Dinamo K” klublarida ko‘plab gollar urgan Andrey murabbiylikdagi ishlari qay tariqa kechishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Aytor Karanka
“Real”da to‘p surgan Karanka keyinchalik “qirollik” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishladi. Uning bu sohada qadam qo‘yganiga ancha bo‘lib qoldi. Lekin mustaqil ravishda Karanka “Midlsbro”da ishini boshlagandi. Qisqa vaqt ichida ushbu klubni Premer-ligaga olib chiqdi. bu yil Karanka kuchli grandlariga qarshi jamoasini qay tariqa tayyorlantira olishi barchasini qiziqtirib qo‘ygan.
Jimmi Floyd Xasselbaynk
Futbolchilik faoliti davomida “Atletiko”, “Chelsi”, “Lids” jamoalarida to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olgan Xasselbaynk ham murabbiylik sohasiga kirib kelgan. U chempionship ishtirokchisi “KPR”ni boshqarmoqda. Bu jamoa o‘z oldiga yana Premer-ligaga qaytishni maqsad qilgan.
Fernando Yerro
“Real” o‘tmishida yorqin iz qoldirgan futbolchi Fernando Yerro hisoblanadi. U ham murabbiylik sohasini boshlab yuborgan. Yerro Ispaniyaning quyi liga ishtirokchisi “Ovedo” jamoasida bosh murabbiy sifatida ishga kirishgan. Bu jamoani keyinchalik Premero darajasiga olib chiqishni ko‘zlamoqda.
Kristian Panuchchi
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Panuchchi esa “Ternana”ni bosh murabbiyi hisoblanadi. Bu klub Italiyaning quyi ligalarining birida faoliyat ko‘rsatadi. Panuchchi bu klubni yaqin orada Italiya A Seriyasiga olib chiqishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tish kerak, Kristian Panuchchi futbolchilik faoliyati davomida “Roma”, “Inter” va “Real” jamoalarida to‘p surgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing