"Nasaf" o‘z tarkibiga braziliyalik yarim himoyachini qo‘shib olish arafasida


"Nasaf" tez orada yangi transferlarni e’lon qilishi kutilmoqda. Shulardan biri bu braziliyalik yarim himoyachi Viktor De Silvadir.
"Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi "Nasaf" bilan muzokaralarning so‘nggi qismini xam ijobiy yakunlagan. Hujumkor yarim himoyachi tez orada "ajdarlar" a’zosiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Silva oldinroq "Partizani" klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…