00:02 / 08.01.2024
617

Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi safdan chiqdi

Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi safdan chiqdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan Falastinga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etdi. Uchrashuv Srechko Katanes shogirdlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
 
O‘yinni bevosita stadiondan kuzatib borgan futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining bir o‘yinchisi jarohat olganini ma’lum qildi.
 
Umuman olganda O‘zbekiston g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinning katta qismida ustunlik qildi. Falastinliklar esa faqatgina Katanes bir vaqtning o‘zida bir necha o‘yinchilarni almashtirgandagina kichik ustunlikka ega bo‘ldi. O‘sha paytda falastinliklar ikkita vaziyat yaratdi, birida to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonga qaytdi.
 
O‘yin yakunida esa O‘zbekiston gol urganidan so‘ng, bir marta penaltidan unumli foydalana olmadi. Bahs so‘ngida esa bitta golli vaziyat ko‘kka sovurildi.
 
Katanetsni xafa qilgan yagona narsa futbolchilardan birining jarohat olib, maydonni tark etgani bo‘ldi. Ehtimol, u futbolchi Osiyo Kubogi dastlabki o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Futbolchining ismini oshkor etmayman, bu huquqni O‘FA matbuot xizmatiga qoldiraman”, — deya yozmoqda Alisher Nikimbayev.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eldor Shomurodovning jarohat sababli turnirni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi safdan chiqdi