443
Odil Ahmedov bo‘lajak Osiyo kubogi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida fikr bildirdi
O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, terma jamoa sobiq sardori Odil Ahmedov championat.asia saytiga intervyu berdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori sifatida Qatardagi bo‘lajak musobaqadan qanday natija kutyapsiz?
- Avvalo, Osiyo kubogining Qatarda bo‘lishi hamma uchun yaxshi deb o‘ylayman. Sababi bu davlat yaqindagi Jahon chempionatini qabul qilgan, shu sabab barcha infratuzilma oliy darajada va maydonlar ajoyib holatda. Bunday maydonlarda futbolchilar maza qilib o‘ynashadi.
Bo‘lajak qit’a chempionatidan ijobiy natija kutyapmiz. Yaxshi murabbiyimiz bor, yaxshi futbolchilar jamlangan. Qolaversa, barcha jamoalarning kuchi deyarli deng. Oldingidek, juda ham kuchsiz jamoalar kam. Ko‘plab terma jamoalar futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Ijobiy natija baribir avvalo futbolchilarning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Agar yigitlar o‘zlariga bo‘lgan ishonchni va musobaqaning mas’uliyatini his qilsa eng yaxshi natijaga erisha olamiz.
- 2011 yil Qatardagi Osiyo kubogi sizning supergolingiz bilan boshlangandi. O‘sha musobaqada terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng yaxshi natija qayd etishgandi. Nima deb o‘ylaysiz, bu yilgi qit’a chempionatida o‘sha tarixiy natijani yaxshilay olamizmi?
- Har bir o‘yin tugaganidan keyin tarixga aylanadi. Menimcha, futbolchilar ilk o‘yinda kerakli natijaga erishishsa va kerakli o‘yinni namoyish eta olsak, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarib olishadi hamda xalqimiz kutayotgan yaxshi natija bilan yurtimizga qaytib kelishadi.
- Tarkibimizga e’tibor qilsak bir yo‘la 19 nafar futbolchi Osiyo kubogida oldin o‘ynamagan. Musobaqada debyut qiladigan yigitlarga qanday maslahat berasiz?
- To‘g‘ri, futbolda shunday narsa bor –debyut. Lekin kuch tomonlama hech qanday muammo yo‘q. O‘yin boshlanganidan so‘ng taxminan 5-10 daqiqada hayajon va bosim o‘tib ketadi. Debyut qiladigan futbolchilarga maslahatim o‘zlariga ishonishsin, shunda o‘zlari xohlagan futbolni namoyish eta olishadi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi