O‘zbekiston terma jamoasi bir necha kundan so‘ng Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Vakillarimiz guruh bosqichining ilk turida Suriyaga qarshi maydonga chiqadi.
Muhim bellashuvlar oldidan O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchilariga mikrafon tutmoqdamiz. Buni o‘quvchilarimiz sezib ulgurishgan. Musobaqa starti oldidan taniqli sobiq hujumchi Farhod Tojiyevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Hozirda terma jamoamiz ahil va yaxshi holatda, deb o‘ylayman. Futbolda birdamlik ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Umuman olganda terma jamoamiz so‘nggi bahslarda o‘z o‘yini bilan muxlislarni xursand qilmoqda. Meksika, Eron kabi kuchli raqiblar bilan o‘ynay olyapmiz. Yoshlar ham o‘zini ko‘rsatyapti. O‘ylashimcha, bu Osiyo Kubogida imkoniyatlarimiz har galgidan yaxshi.
Shomurodovning yo‘qligi baribir ta’siri bo‘ladi. Lekin qolganlar o‘rnini bilintirmaslikka intiladi. Igor Sergeyev yaxshi formada. Undan ko‘p narsa kutyapman. Bobir Abdixoliqov, Aziz Amonov ham raqobat qilishadi. Yuz foiz o‘rnini yopa olmaydi-yu, lekin harakat qilishadi", - deydi Farhod Tojiyev.
Ma’lumot uchun, Farhod Tojiyev O‘zbekiston terma jamoasi libosida 17ta uchrashuvda maydonga tushgan va 5ta gol urgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”