Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Raqiblar haqida emas, ko‘proq o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak"
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va futbolchi Jekson Irvin Hindistonga qarshi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Janob bosh murabbiy, musobaqa haqida qisqacha fikrlaringiz.
- Shu kunlar keldi, biz Osiyo kubogiga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Qatar katta musobaqalar o‘tkazish uchun ajoyib mamlakat. Bir yil avval shu yerda jahon chempionati bo‘lib o‘tgandi. Biz ushbu musobaqaga tayyormiz.
- Jekson ertangi uchrashuv va turnir haqida fikrlaring bilan bo‘lishsang.
- Jekson Irvin: Osiyo kubogida ishtirok etish har doim yoqimli. Ushbu musobaqaga uzoq vaqt tayyorlandik. Mundialdan so‘ng Osiyo kubogi haqida o‘ylashni boshlagan edik. Qatarni yaxshi bilamiz va ushbu mamlakat katta turnirlar o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega.
- Raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Grem Arnold: Ertangi uchrashuvimiz Hindistonga qarshi kechadi. Barcha futbolchilar musobaqaga tayyor. Biz ko‘proq o‘zimizga e’tibor berishimiz kerak, hali raqiblar haqida ko‘p o‘ylaymiz va ularni tahlil qilamiz.
- Janob murabbiy, Avstraliya ushbu musobaqada g‘olib bo‘lishiga ishonasizmi? Terma jamoaning chempionlik imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Biz bu yerga maqsad bilan kelganmiz. Albatta biz o‘z maqsadimiz uchun harakat qilamiz. Maqsadimiz chempionlik va barcha terma jamoa a’zolari ushbu maqsadga erishish uchun borini berishadi. Qatar ham bizga begona davlat emas. Qatar biz uchun qulay mamlakat, ushbu shaharda o‘zimizni uydagidek his etamiz.
- Darvozabonimiz Metyu Rayanning jarohati bor edi. U ertangi o‘yinda maydonga tusha oladimi?
- Ha, ertangi uchrashuvga barcha futbolchilar tayyor, shuningdek Metyu Rayan ham. Terma jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar ham yetarlicha, bizda iqtidorli yosh futbolchilar ham bor.
- Hindiston terma jamoasidagi qaysi futbolchiga ko‘proq e’tibor bermoqdasizlar? Qaysi futbolchi Avstraliyaga ko‘proq muammo tug‘dirishi mumkin.
- Jekson Irvin: Hindiston terma jamoasining texnikasi yaxshi deb ayta olaman, ammo qaysidir futbolchini belgilab eta olmayman. Biz 11 kishiga qarshi o‘ynaymiz, bir futbolchiga qarshi emas.
- Avstraliya terma jamoasi musobaqani Hindistonga qarshi uchrashuv bilan boshlashi sizning jamoangizga ustunlik beradimi? Sababi Avstraliya terma jamoasi Hindistondan ancha ustun?
- Grem Arnold: Guruhimizdagi jamoalar bilan tanishman va ayta olamanki barcha jamoalarga qarshi o‘yinlar oson kechmaydi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuv bizni kutib turibdi va biz bo‘lajak bahsga tayyormiz.
- Himoyaviy futbol tarafdori ekanligingizni bilamiz, siz ushbu turnirda ham o‘z falsafangizga sodiq qolasizmi?
- Ha, tartibli himoya musobaqalarni yutadi. Biz agar gol o‘tkazmasak, g‘alaba qozonish uchun bita gol ursak bo‘lgani holos.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring