O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Osiyo kubogi-2023 "B" guruh 1-tur doirasidagi O‘zbekiston — Suriya o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yin yaxshi o‘tdi. Ko‘rganingizdek oxirigacha kurashdik va g‘alaba qozonmoqchi edik. Ammo, ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi deb o‘ylayman. Oldimizda ikkita muhim o‘yin turibdi. Ikkita o‘yinni yutib guruhdan chiqamiz.
Boshidan himoyaviy emas, hujumkor o‘yinga urg‘u bergan holda maydonga tushdik. Taktikani esa murabbiy tanlaydi.
Bugungi o‘yinda stadionga kelgan va oynai-jahon orqali qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat, shunday davom etishsin.
Avstraliya — Hindiston o‘yinini esa ko‘rishning imkoni bo‘lmadi", — deydi Fayzullayev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar