01:02 / 16.01.2024
211

Pablo Sabbag: "O‘zbekistonga qarshi durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo‘ldi"

Pablo Sabbag: "O‘zbekistonga qarshi durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo‘ldi"

Osiyo Kubogining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Suriya (0:0) uchrashuvidan so‘ng arablar hujumchisi Pablo Sabbag fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, biz g‘alaba qozonishni xohlagandik, lekin O‘zbekiston kuchli jamoa edi. Menimcha, durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo‘ldi.

Endilikda tiklanib, guruh yetakchisi bo‘lgan Avstraliyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

Raqib kuchli himoyaga ega. Ular uch nafar himoyachi bilan zich himoyalanishdi, uni "yorib o‘tish" esa mushkul edi.

Bunday o‘yinlarda hujumchi raqib bilan to‘p uchun kurashda ishtirok etishi va jamoaga ko‘proq yordam berishi kerak edi va O‘zbekistonga qarshi bahsda shunday vazifani bajardim.

Keyingi o‘yinda golli imkoniyatlarga ega bo‘laman, degan umiddaman. Avstraliyaga qarshi bahs oson bo‘lmaydi va bunga jiddiy hozirlik ko‘ramiz", – dedi 26 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Suriya guruh bosqichining 2-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borsa, O‘zbekiston MTJ Hindiston bilan bellashadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pablo Sabbag: "O‘zbekistonga qarshi durang har ikki tomon uchun adolatli natija bo‘ldi"