date

Amerikalik rejissyor «Paxtakor-79» jamoasi haqida film suratga olmoqda

Amerikalik rejissyor «Paxtakor-79» jamoasi haqida film suratga olmoqda

Amerikalik rejissyor Brayn Song operator Dada Shikako bilan birgalikda «Paxtakor-79» jamoasi hamda Mixail An to‘g‘risida hujjatli film olish uchun «Paxtakor» stadioniga tashrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.

Tasvirga olish guruhi a’zolari ayni paytda «Paxtakor» akademiyasida 2003 yilda tug‘ilgan o‘yinchilarga murabbiylik qilayotgan futbolchining o‘g‘li Dmitriy An bilan suhbatlashdi.

1979 yildagi aviafalokatda halok bo‘lgan murabbiy Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova esa «Paxtakor-79» haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, uzoq yillar davomida «Paxtakor» tarkibida o‘ynagan Birodar Abduraimovning o‘g‘li Azamat Abduraimov ham tasvirga olish ishlarida ishtirok etdi.

Hujjatli filmning «Paxtakor» rasmiy saytida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amerikalik rejissyor «Paxtakor-79» jamoasi haqida film suratga olmoqda