21:13 / 19.01.2024
414

Jekson Irvayn: "O‘zbekistonning hozirgi tarkibi, biz Osiyo kubogi-2019da to‘qnash kelgan tarkibdan kuchliroq"

Jekson Irvayn: "O‘zbekistonning hozirgi tarkibi, biz Osiyo kubogi-2019da to‘qnash kelgan tarkibdan kuchliroq"

Avstraliya terma jamoasi futbolchisi va Osiyo kubogi to‘purarlaridan biri Jekson Irvayn championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Salom Jekson. Jamoang keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklayman. Avstraliyaning musobaqadagi maqsadlari qanday?

- Bizning asosiy missiyamiz iloji boricha uzoqroqqa borish. Bir necha yil avval ushbu musobaqada chempion bo‘lgan edik. Yana bir bor o‘sha ishni takrorlashni maqsad qilganmiz. Endigina ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdik. Buyog‘iga raqiblar qiyinlashib boraveradi.

- Avstraliya terma jamoasidan tashqari yana qaysi terma jamoalar ushbu musobaqada g‘olib bo‘lish uchun da’vogar sening fikringcha?

- Osiyoda mintaqasida Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Saudiya Arabistoni kabi katta jamoalar bor. Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lish uchun ularni mag‘lub etishimiz kerak.

- Guruh bosqichidagi so‘ngi uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadi. Keyingi raqib haqida nimalar deya olasan?

- O‘zbekiston terma jamoasi bilan 2019 yilgi Osiyo kubogida ham to‘qnash kelgan edik. Juda qiyin uchrashuv bo‘lgandi, 120 daqiqa va penaltilar seriyasi. Hozirgi kunda O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi yanada kuchaygan. Jamoangizda texnik va jismoniy taraflama kuchli avlod yetishib chiqdi. O‘zbekistonga qarshi uchrashuv Suriya va Hindistonga qarshi kechgan uchrashuvlardan ancha qiyinroq bo‘lishi aniq.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jekson Irvayn: "O‘zbekistonning hozirgi tarkibi, biz Osiyo kubogi-2019da to‘qnash kelgan tarkibdan kuchliroq"