Osiyo futbol konfederatsiyasi intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “Nasaf” klubiga qarshi uchta qaror qabul qildi.
Bu haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar qildi.
Foto: Futbolium
Foto: Futbolium
“Ikki kun ichida OFK intizom qo‘mitasi O‘FAni 5 ming, “Nasaf”ni esa 50.375 dollar jarimaga tortdi.
O‘FA Osiyo Kubogi doirasidagi Suriyaga qarshi o‘yin tur firmalar reklamasi aks etgan liboslarda kelgan muxlislar uchun jazolandi. “Nasaf” esa “As-Sadd”ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida muxlislar tosh otgani va u hakam yordamchisiga tekkani, “Sharja”ga qarshi bahsda esa raqib o‘yinchisi ko‘ziga lazer tutgani uchun jazolandi.
Qayd etish joiz, O‘FA noyabrda Afg‘onistonga qarshi Osiyo Kubogi U-23 saralash o‘yinida uch nafar muxlis maydonga yugurib chiqqani uchun 15 ming dollar jarimaga tortilgandi”, — deb yozadi Nikimbayev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring