14:10 / 24.01.2024
303

UYEFA Rossiya terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirokiga qo‘yilgan taqiqni yumshatmoqchi

UYEFA Rossiya terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirokiga qo‘yilgan taqiqni yumshatmoqchi

Foto: Getty Images

UYEFA Rossiya terma jamoalariga xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berishni rejalashtirmayapti.

Tashkilot rahbari Aleksander Cheferin The Telegraph nashriga bergan intervyusida taqiq Ukraina bilan mojaro hal etilmaguninga qadar asosiy futbol jamoasi darajasida amalda bo‘lishini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, u “rossiyalik bolalarning g‘arbdan nafratlanishiga yo‘l qo‘ymaslik” va “ularning aybi bo‘lmagan narsa uchun jazolamaslik” umidida yoshlar jamoalari uchun cheklovlarni yumshatishni xohlayotganini ta’kidladi.

Rossiya klublari va terma jamoalari 2022 yilning bahorida xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilingandi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida UYEFA Rossiya U-17 terma jamoasini turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat bergandi va oktyabr oyidayoq bu qarorni bekor qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA Rossiya terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirokiga qo‘yilgan taqiqni yumshatmoqchi