
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" Antaliya yig‘ini doirasida navbatdagi uchrashuvini Rossiyaning "Kuban" klubiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli hamda gollarga boy o‘tgan bahsda "Nasaf" 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Murod Rahmatov dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol 90-daqiqada Akmal Mozgovoyning hisobiga yozildi.
"Kuban" - "Nasaf" 2:3
"Nasaf" gollari: Murodbek Rahmatov 5, 18, Akmal Mozgovoy 90.
"Nasaf": Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Murodbek Rahmatov, Shuhrat Muhammadiyev, Zafar Hakimov, Shahzod Akramov, Marko Stanoyevich, Javohir Sidiqov, Nodirbek Mukarov, Islom Kenjaboyev, Doniyor Narzullayev.
Zaxiradan tushganlar: Jambuli Jigauri, Asliddin Tursunpo‘latov, Igor Golban, Temur Chogadze, Viktor Da Silva, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Sharof Muhitdinov, Javohir O‘tamurodov.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar