Bobousmon Baturov va Odiljon Aslonov navbatdagi janglarini Rossiyada o‘tkazadi

Bobousmon Baturov va Odiljon Aslonov navbatdagi janglarini Rossiyada o‘tkazadi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 10 fevral kuni RCC Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan boks oqshomi o‘tkaziladi.
Bobousmon Baturov va Odiljon Aslonov navbatdagi janglarini Rossiyada o‘tkazadi
Turnir doirasida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rta vaznda 8 raundlik jang: Odiljon Aslonov (6-0-1) — Rafi Xchoyan (Gruziya, 2-1-1).

Yarim o‘rta vaznda 8 raundlik jang: Bobousmon Baturov (2-0-1) — Tixon Netyosov (Rossiya, 11-5-0).

Og‘ir vaznda 8 raundlik jang: Mirzohid Abdullayev (3-2-1) — Georgiy Yunovidov (Rossiya, 8-1-0).

Oqshomning markaziy jangida Zaur Abdullayev sobiq jahon chempioni Rojer Guterres bilan to‘qnash keladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar