
Foto: Reuters
Yarimfinalda dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovichni mag‘lub etib sensatsiya qayd etgan Yannik Sinner finalda Daniil Medvedev bilan bellashuvda iroda ko‘rsatdi. Italiyalik 22 yoshli tennischi dastlabki ikki setni boy berganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozondi va 2,1 mln dollar ishlab oldi.
Sinner faoliyatida ilk bor «Katta dubulg‘a» zafar quchdi. Shuningdek, u Australian Open'ning Jokovichdan so‘ng (2008 yil, 20 yosh) eng yosh chempioniga aylandi.
Australian Open
Melburn, Avstraliya
Final
Yannik Sinner (Italiya) — Daniil Medvedev (Rossiya) 3:6, 3:6, 6:4, 6:4, 6:3 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar