Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq Glory chempioni va amaldagi PFL jangchisi Sedrik Dumbe(5-0) UFC ga muvaffaqiyatsiz o‘tganidan afsusda emasligini aytdi.
“Hammasi juda kulgili. Ko‘p narsa biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Bu ularning xatosi, men hech narsa yo‘qotmadim. Bu haqiqat. Sababsiz hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaymiz, lekin men UFC da qatnashmasligimga 90 foiz ishonchim komil. Men 20 yoshda emasman. Unchalik yosh jangchi ham emasman. O‘ylaymanki, men faoliyatimning boshlanishidan ko‘ra oxiriga yaqinroqman, shuning uchun UFC ga qatnashishim dargumon”, - dedi fransuz.
Eslatib o‘tamiz, Sedrik allaqachon UFC bilan shartnoma imzolagan va tashkilotdagi debyutini o‘tkazishi kerak edi, biroq o‘shanda Fransiya atletika komissiyasi tajribasi kamligi sababli unga jang o‘tkazishga ruxsat bermagandi. Natijada Dumbe debyut qilmay UFC ni tark etdi va PFL bilan shartnoma imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”