Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 1/8 final bosqichida Tailandga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Srechko Katanes: Ertangi o‘yindan oldin bizda yetti kun vaqt bo‘ldi. Biz o‘yinga tayyormiz. Ertaga nima bo‘lishini kuzatamiz.
Odiljon Xamrobekov: Turnir qiziq pallasiga kirdi. Bu bosqichdagi barcha jamoalarni tabriklaymiz. Ertaga tartibli jamoaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Murabbiyimiz aytganidek, bu o‘yinga tayyormiz.
- So‘nggi Osiyo kuboklarida pley-off bosqichidagi qur’ada biroz omadimiz kelmagan. Bu safar raqiblar biroz omadli keldi. Tailand ustidan g‘alaba qozonsak, undan so‘ng katta ehtimol bilan Qatar jamoasi bizga qarshi harakat qilishi mumkin. Qur’a biz uchun qanchalik omadli bo‘ldi deb o‘ylaysiz? Yarim finalga chiqish ehtimolimiz qancha?
Hamrobekov: - Birinchi o‘rinda ertangi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak. Undan keyin nima bo‘lishi noaniq. Tojikiston kechagi o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Ko‘pchilik BAAni favorit sifatida ko‘rayotgandi, yakunda qo‘shnilarimiz g‘alaba qozonishdi. Biz ham o‘zimizning bor imkoniyatimizni ishga solib, eng yaxshi natijani qayd etishga harakat qilamiz.
- Janob murabbiy, o‘yinga yetti kun tayyorgarlik ko‘rganingiz haqida aytdingiz. Yetti kunlik tanaffus jamoaga foydali bo‘ladimi? Bu tanaffus jarohatlangan o‘yinchilar tiklanib olishiga qanchalik yordam beradi?
Katanes: - Bu narsa jamoaga qanday ta’sir qilishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Ertangi natija barchasini ko‘rsatadi. Jarohatlarga kelsak, bizga bu muddat hech qanday yordam bermadi. Jarohatlangan futbolchilarimiz asosan uzoq muddatga safdan chiqishgan.
- Bir necha o‘yinchilarimiz jarohat olishdi, ammo ular hozir terma jamoa bilan. Bu sizlarga qo‘shimcha motivatsiya va qo‘llov bermoqdami?
Hamrobekov: - Jarohatlari jiddiy o‘yinchilar klublariga qaytdi. Qolgan o‘yinchilarda tuzalish ehtimoli bor. Shifokorlar ular bilan ish olib borishyapti. Umid qilamizki, ular tez orada safga qaytishadi. Jarohatlangan futbolchilarning biz bilan birgaligi bizga ruhan yordam bermoqda.
- O‘zbekiston katta kuchga ega ekanini bilamiz. Avstraliya bilan o‘yindagi duranga ham jamoada katta potensial borligini bildiradi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada qanchalik uzoqqa borishni maqsad qilgan?
Katanes: - Musobaqadan oldin biz faqat bitta o‘yinga tayyorlanishimiz va reja qilishimizni aytgandim. Tailand birorta gol o‘tkazmagan. Yaxshi shakllangan jamoa. Ular kuchli pressing amalga oshirishadi. Himoyadan hujumga ham tez o‘tishadi. Tailandga qarshi o‘ynayotganimiz omad emas. Ha, ba’zi muhim o‘yinchilarni yo‘qotdik. Hozir ham yaxshi o‘yinchilarimiz safda, ular ertaga jamoaga kerakli natijani qayd etishda yordam berishadi.
- Murabbiyga savol. Oldingi matbuot anjumanlarida "Inter" kabi o‘ynashimiz haqida gapirgandingiz. "Inter" ikkita hujumchi bilan o‘ynaydi. Biz ikkita asosiy hujumchimizni yo‘qotdik. Ertaga o‘z taktikangizni o‘zgartirasizmi?
Katanes: - O‘yinda ko‘ramiz. Bitta taktikada boshlab, boshqasida davom ettirishimiz mumkin. Ertaga ko‘rasiz.
- Odiljon, Tailand hali gol o‘tkazib yubormagan. Biz hujumchisiz o‘ynayapmiz. Bu yarim himoyaga qo‘shimcha javobgarlik yuklamaydimi. Bundan tashqari, Tailand bu iqlimga bizdan ko‘ra ko‘proq moslashgan. Bu o‘yinga qanchalik tayyorsizlar?
Hamrobekov: - Tailandni gol o‘tkazib yubormagani jamoani qanday kuchga ega ekanini aytib turibdi. Bizda jismoniy holatdan muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman. Kim yaxshi tashkil topgan bo‘lsa va tartibli o‘ynasa, shu terma g‘alaba qozonadi. Hujumchilarsiz uchta o‘yin o‘tkazdik. O‘ziga yarasha muammo bor, ammo bu holatdan chiqib ketamiz deb o‘ylamayman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”