238
SSKA bosh murabbiyi “Andijon”ga qarshi o‘yin, Abbos Fayzullayev va O‘zbekiston terma jamoasi haqida gapirdi
SSKA – “Andijon” (2:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin “armiyachilar” bosh murabbiyi Vladimir Fedotov “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Vladimir Valentinovich, avvalo bizga o‘yindan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- Bugungi uchrashuvdan taassurotlarim yaxshi. Biz tajovuzkor raqibga qarshi o‘ynadik. Yakka kurashlarga boy bellashuv bo‘ldi, deb o‘ylayman. “Nagruzka”ga asoslangan o‘yin kechdi. Qaysidir vaziyatlarda imkoniyatlarimiz yaxshi bo‘ldi, gollar ham urdik. O‘yinimizga yana nimadir yetishmadi. Masalan, bir qancha vaziyatlarda bizga aniqlik yetishmaganini aytishim mumkin. O‘yinning tempi va uning darajasi yuqori kechdi. Antaliyadagi birinchi uchrashuvimizda yaxshi sparring-raqib bilan maydonga tushdik.
- Jamoangiz ilk bor “Andijon” klubiga qarshi o‘ynadi. Umumiy ma’noda oladigan bo‘lsak, “Andijon” haqida nima deya olasiz?
- Adashmasam, bungacha ular bitta o‘yinda o‘ynashgandi va biz buni tomosha qilishga erishdik. Ko‘rinib turibdiki, ularda ham dastlabki xorij yig‘ini tashkil qilingan. Albatta, jamoani yaxshi harakat qilayotgani sezilib turibdi. Bunday yig‘inlarda hamma jamoa har xil holatda bo‘ladi. Turli xil futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishadi. Hozir bizda ham, ularda ham xuddi shunday jarayon davom etmoqda. Har xil “nagruzkalar” va tayyorgarlik jarayonlarida turli xil holatlar bo‘ladi. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham yaxshi o‘yin kechdi, deb o‘ylayman.
- SSKA futbolchisi Abbos Fayzullayev hozirda O‘zbekiston terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo Kubogida qatnashyapti va gollar uryapti. Tabiiyki, uni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgandirsiz…
- Albatta, Fayzullayevni kuzatyapmiz. Shubhasiz, Abbosga va O‘zbekistonga muxlislik qilyapmiz. U yerda bizning o‘yinchimiz to‘p suryapti. Shuning uchun Osiyo Kubogidagi faoliyatiga bee’tibor emasmiz. Fayzullayev qanday o‘ynayotganini barchamiz ko‘ryapmiz va bundan xursand bo‘lyapmiz. U barchani o‘ziga qaratmoqda. Butun mamlakatining olqishiga ham sazovor bo‘lyapti. Abbosga yana shunday harakat qilishini, mahoratini ko‘rsatib, yanada sifatli o‘ynab, gollar urishini xohlab qolamiz. Keyingi uchrashuvlarda faqat g‘alabalar tilaymiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)