Osiyo kubogi chorak final bahslaridan o‘rin olgan Tojikiston va Avstraliya o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt matbuot anjumanida qatnashdi.
- Janob Segrt, o‘yin haqidagi fikringiz qanday?
- Iordaniya g‘alabaga loyiq edi. Bugun ular bizdan ko‘ra yaxshiroq o‘ynashdi. Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik. Tojikistonlik futbolchilarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Ular bu turnirda borlarini berishdi.
- Tojikiston Osiyo kubogida barchani hayratga soldi. Bugun Iordaniyaga mag‘lub bo‘ldingiz, lekin Jahon chempionati saralashida revansh olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi...
- Bugun imkoniyatlar 50 ga 50 edi. Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda biroz omadimiz kelmay qoldi. Tojikiston bu turnirning syurprizi bo‘ldi. Jahon chempionati saralashi biz uchun juda muhim. Lekin bu paytga qadar kelajagim borasida ba’zi qarorlarni qabul qilishim kerak. O‘zimni tiklab olish uchun Yevropaga yo‘l olaman. Tojikiston terma jamoasi esa Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga qarshi bahslarga har qanday holatda ham jiddiy tayyorgarlik ko‘radi. Tojikistonlik o‘yinchilarning bu musobaqadagi ishtirokiga alohida tasanno.
- Iordaniya termasining bosh murabbiyi haqida fikringiz qanday? Yarim finalda Iordaniyaga Avstraliya to‘g‘ri kelgani yaxshimi yoki Koreya Respublikasi?
- Iordaniyada ajoyib murabbiy bor, muxlislar ham o‘zgacha. Avstraliya yoki Koreya Respublikasidan kim ularga qulayroq ekanini men emas, faqat ularning bosh murabbiyi aytishi mumkin.
- Janob Segrt, musobaqadagi ajoyib ishtirok bilan tabriklayman. Keyingi rejalaringiz haqida gapirsangiz? Jamoada qolasizmi?
- 10 fevral kuni shartnomam yakuniga yetadi. O‘zimga biroz energiya to‘plashim kerak. Tojikiston federatsiyasi bilan gaplashib olganimdan so‘ng bir narsa deya olaman.
- Umuman musobaqa davomida Tojikiston terma jamoasi ajoyib lahzalarni boshdan o‘tkazdi. Osiyo kubogidagi umumiy ishtirok haqida gapirsangiz?
- Bu Osiyo kubogida ikkita finalda qatnashdik. Livan va BAAga qarshi uchrashuvlarni nazarda tutyapman. Bu o‘yinlardagi g‘alabani musobaqa chempioni bo‘lgandek nishonladik. Bugungi o‘yinda kuchliroq jamoa g‘alaba qozondi. Balki, ertaga turnirdagi umumiy ishtirokimizni yana bir bor bayram qilarmiz. Tojikiston bugun uyga qaytadi, lekin biz boshimizni tik tutib vatanimizga qaytamiz.
- Osiyo kubogida sizni sog‘inamiz, janob Segrt. O‘yinning oxirlarida Tojikiston terma jamoasiga nima bo‘ldi? Hisobni tenglashtirishga urinish jamoada ko‘zga tashlanmadi?
- Bahs boshida eng tezkor hujumchimizni yo‘qotdik. Shu holat bizni ritmdan chiqarib yubordi. Jarohatlangan futbolchimizning o‘rniga tushgan o‘yinchi qizib olishga ulgurmay, maydonga tushib ketdi. Bu musobaqada imkoniyatimiz cheklangan edi, ammo kafolat berib ayta olamanki, bugun futbolchilarimiz oxirgi daqiqagacha kurashishdi.
- Musobaqadagi ishtirokingizga 10 ballik shkalada qanday baholagan bo‘lardingiz?
- Tojikiston futboli o‘sishga erishmoqda. Bugungi natija ham buni aytib turibdi. Men sizga bir voqeani aytib beraman. Tojikiston terma jamoasi bilan shartnoma imzolashimdan biroz avval yaqin do‘stim saraton kasalligiga chalindi. Uning menga aytgan oxirgi so‘zlari shunday edi: "Sen Tojikistonni FIFA reytingida kuchli 100 jamoa safiga olib kirishing kerak". Bu musobaqadan oldin biz 106-o‘rinda edik. Osiyo kubogida qanday ishtirok etganimizni esa ko‘rdingiz. Bu turnir biz uchun eng yaxshi damlarni taqdim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)