Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi jangi qoldirildi.
Bu haqida ukrainalik bokschining menejeri Egim Klimas ma’lum qildi. Klimasning so‘zlariga ko‘ra, Fyuri mashg‘ulotlar vaqtida qoshidan jiddiy jarohat olgan.
Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Tayson Fyurining o‘zi ham bu xabarni tasdiqladi: “Afsus. Men bu jangga juda uzoq vaqt tayyorlangandim, aql bovar qilmas formada edim. Bu katta voqeaga aloqador barcha uchun qayg‘udaman. Jarohatim tuzalgach, qattiq mehnat qilishga kirishaman.
Men bundan jabr ko‘rganlardan, jumladan, jamoam, Usikning jamoasi, kardning boshqa jang ishtirokchilaridan, shuningdek, Saudiya Arabistonidagi tashkilotchilardan uzr so‘rayman”.
Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomida o‘zbekiston bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarilishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi