715
Ortiqxo‘jayev: "Agar "Paxtakor" sotiladigan bo‘lsa, 100 dollar deyishsa ham olmayman. Tekinga deyishsa olaman"
Jahongir Ortiqxo‘jayev "Lolazor" podkastida o‘zining "Paxtakor"ni sotib olgach qanday ishlarni amalga oshrishi xususidagi rejalarini aytib berdi.
"Bir narsani aytaman: "Nasaf"nimi, "Neftchi"nimi, qaysi klub bo‘lsa ham davlatdan xususiy qo‘llarga o‘tadi degani, futbol o‘zgaradi degani emas. Mlrd pul tikilsa ham futbol o‘zgarib qolmaydi. Agar pul bilan nimadir bo‘lganda bugun Saudiya Arabistoni eng zo‘r terma jamoa bo‘lardi. Ëki "Ulsan Xyunday" zo‘r bo‘lib ketardi. Agar biz futbolni boshqacha tarzda o‘zgartirmasak, holat yaxshi bo‘lmaydi deb o‘yladim. Agar klub sotiladigan bo‘lsa, 100 dollar deyishsa ham olmayman. Lekin tekinga deyishsa olaman. Stadionini ham. Tekinga bersa olaman, pulga desa olmayman. U joyni yaxshi joy qila olish boshqa, yaxshi joy deb aytish boshqa.
Men O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovga taklif berdim, stadionni olishim mumkin, lekin pulgamas. O‘zi shundoq ham 70-80 mlrd stadionga tikib yubordim. 200 mlrd ga yaqin pulim ketdi jami, qaytarib ololmayman. Yana pulga sotib olamanmi? Nima qilaman?
Birinchi o‘rinda futbolni o‘zgartirish kerak, ikkinchi o‘rinda muxlislarni futbolga chaqirishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Men 49 yildan buyon Toshkentda yashayman, 12 yoshimda "Paxtakor"da chipta olib, sotib yurganman. Menga qadrli bu joy. Mening yoshligim o‘sha yerda o‘tgan. "Dom" yoki boshqa narsa qurish o‘z yo‘liga, biznesmenni ha deb bir taraflama ko‘ravermaslik kerak.
O‘zi "Paxtakor"ni nima qilmoqchi edim? Klubni Qibrayda bazasi bor. O‘sha yerga 120 kishilik mehmonxona qurmoqchi edim. To‘rtta maydoni bor, shuning ikkitasini o‘zgartirmoqchi edim. Chilonzorda akademiya bor, o‘sha yerni to‘g‘rilab bermoqchi edim. Stadionni ham yangilab, ostiga do‘konlar qurib, atrofini bog‘ qilmoqchi edim. Odamlar o‘sha yerga kelsa, shoular qilib bo‘lsa ham stadionga olib chiqamiz. Faqat futbol ko‘rgani emas, hudud mikst bo‘lsin. Odamlarni chaqirish asosiy maqsad.
Ësh futbolchilarni esa Qibrayga olib kelib, ota-onasi bilan kelishib, har 3 oyda uyiga borishini aytib, go‘shti bizga, suyagi sizga deymiz. Alkogol ichish yo‘q, kechasi yurish yo‘q, ertalabdan kechgacha, kerak bo‘lsa qattiqqo‘llik bilan ish yuritib, 3 yil boqmoqchi edim. Shundan keyin "Paxtakor"da o‘ynatmoqchi edim. Keyin chet elga sotiladigan bo‘lsa sotardik. Balki shundan xarajatimni qoplardik. Oddiy rejim bilan futbolni ko‘tara olmaymiz", – dedi Ortiqxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Paxtakor" sotuvga qo‘yilgandi, keyinroq esa sotuv bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi