08:43 / 05.02.2024
428

Jahongir Ortiqxo‘jayev "Paxtakor" ichida sabotaj bo‘lgani va jamoadan ketmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev "Paxtakor" ichida sabotaj bo‘lgani va jamoadan ketmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi
"Lolazor" podkastida "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tgan mavsum oxirida jamoa ichida sabotaj bo‘lgani haqida gapirdi.

"Kuz faslida 5-6 nafar futbolchi jamoada "sabotaj" qildi. Ëshi katta futbolchilar. Ular chempion bo‘laverib charchab ketishgan. O‘yinni "tashlab" yuborishdi. Keyin yoshlarni chaqirdim. Keyin "men charchadim, futbol bilan boshqa shug‘ullanmayman, o‘zimni ishimni qilib yuraman", dedim.

Shundan so‘ng 200 nafarga yaqin muxlis uyimga keldi. Ular uyimga kelib, o‘tirib oldi desam ham xato qilmagan bo‘laman. Shunday muxlislar bor ekanki, dodlab yig‘laydigan, hayoti futbolda o‘tgan", – dedi u.

Tadbirkor uyidan chiqqanida muxlislar to‘planib turgani, ular yig‘lab, "yarim yo‘lda tashlab ketmang", deyishganini esladi.

"Keyin aytdim, "men aralashaman, faqat nima desam shu bo‘ladi," dedim. Avval hech ichki ishlariga aralashmasdim. Rozi bo‘lishdi. Keyin esa Maksim Shatskixni chaqirdim, kechasi 23:30 da. Yana Diyor Holmatovni chaqirdim. "Diyor, sen keyingi o‘yinda jamoa sardori bo‘lasan" dedim. Oyoqlari titrab ketdi, yosh yigitcha o‘zi. "Hamma chempionlikdan to‘yib ketganlar oilasi bilan tribunada o‘tirishsin, yoshlarni o‘ynashini ko‘rishsin, so‘kish eshitsa ham, shular eshitsin", dedim.

3 kundan so‘ng o‘yin bo‘ldi, Diyor jamoa sardori. Hojimat Erkinov, Shahzod Azmiddinov va yana ikkinchi jamoadan futbolchilarni chaqirdim. O‘sha o‘yinda (gap 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "Turon" bilan o‘yin haqida ketmoqda – tahr.) 3:0 ga yutishdi. Keyingi o‘yinda 1:0 ga yutdi. Uchta o‘yin ketma-ket yutdi.

Keyin o‘sha yoshi kattalarni olib chiqib, "ko‘rdinglarmi, senlarsiz ham qilolaman, senlar xoinlik qildilaring", dedim. Keyin o‘ziga kelib, oxirgi o‘yinlarda yaxshi o‘ynab chempion bo‘lishdi. Shundan so‘ng futbolga qiziqib ketdim", – deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Manba: "Lolazor" podkast

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahongir Ortiqxo‘jayev "Paxtakor" ichida sabotaj bo‘lgani va jamoadan ketmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi