18:49 / 06.02.2024
109

Amir G‘alenoi: "Ertaga Yaponiyaga qarshi kechgan bahsdagidanda yaxshiroq bo‘lishimiz kerak"

Amir G‘alenoi: "Ertaga Yaponiyaga qarshi kechgan bahsdagidanda yaxshiroq bo‘lishimiz kerak"
Osiyo kubogi yarim final Eron - Qatar uchrashuvidan oldin Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alenoi va futbolchi Said Izzatullohi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Eng muhim o‘yinlarimizdan biri, futbolchilar g‘alaba qozonishni istaydi. Oldin ham ushbu bosqichlarda ishtirok etganmiz, ammo bu galgisi boshqacha. Biz amaldagi chempion Qatarga qarshi o‘ynaymiz. Mashg‘ulotlarda sezilmoqda yigitlar g‘alaba qozonishni istashadi.

- Men kim hakam ekanligini muhokama qilmayman. Bunga tashkilotchilar javob berish kerak. Meni xavotirga solayotgan bir jihat, biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng 72 soatdan kamroq dam oldik. Bu esa to‘liq tiklanish uchun juda kam.

- Iordaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqada Qatarni 4:0 hisobida mag‘lub etgandik. O‘sha musobaqada ham bizni ko‘p tanqid qilishgandi. Hozir o‘tmishni eslaydigan vaqt emas. Yaponiyaga qarshi bahsdan keyin ham futbolchilarga ushbu o‘yinni unutinglar dedim. Futbolchilar Yaponiyaga qarshi o‘yindan ham ko‘proq harakat qilishlari kerak. Bizning asosiy kuchimiz bu jamoaviy o‘yin. Qatar himoyachilarini sekin demayman. Ertangi uchrashuvda butun Eron xalqi bizni qo‘llab quvvatlaydigan muxlislarga ishonamiz.

Said Izzatullohi:
- Bor e’tiborimizni ertangi uchrashuvga qaratganmiz. Qatar terma jamoasiga qarshi yaxshi statistikaga egamiz. Ushbu jihat bizga ko‘proq ishonch beradi. Yaponiyaga qarshi o‘yinni unutishimiz kerak. Yaponiyaga qarshi ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Xatolarimiz ustida mashg‘ulotlarda ish olib bordik. Qatarga qarshi o‘yinga tayyormiz.

- Pley-off bosqichida taqvim juda zich va shu sababli biz katta bosim ostida qoldik. Tezroq tiklanishimizga yordam bergan terma jamoa ishchilariga rahmat aytaman. Maqsadimiz aniq Qatarni mag‘lub etish va finalga chiqish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir G‘alenoi: "Ertaga Yaponiyaga qarshi kechgan bahsdagidanda yaxshiroq bo‘lishimiz kerak"