140
Qatar bosh murabbiyi: "Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyati katta motivatsiya bermoqda"
Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Eron va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan oldin qatarliklar bosh murabbiyi Markes Lopes o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Eronga qarshi bahs biz uchun o‘ta qiyin bo‘lishini sezib turibmiz. Qisqa vaqt ichidagi oltinchi o‘yinimiz bo‘ladi. Jismoniy jihatdan bu og‘ir yuklama, ammo hali ham yaxshi natijadan umid qilib turibmiz.
Eron juda kuchli terma jamoa. Osiyo kubogida to‘qnash kelgan biror jamoaning kuchiga past baho bermadik. Eronga qarshi tabiiyki bunday qilmaymiz.
Yarim final o‘yiniga katta motivatsiya bilan kelmoqdamiz. Chempionlik o‘yinigacha bir qadam bor. Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqish imkoniyatiga egamiz. Bu narsa bizga katta motivatsiya beradi.
Eron termasining hujum chizig‘i juda kuchli, aynan shu narsa bizni cho‘chitmoqda. Raqibning hujum chizig‘ini zararsizlantirishga urinib ko‘ramiz.
O‘yinni penaltilar seriyasiga olib borish haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz, Eron bilan ham shunday bo‘ladi", - deydi Markes Lopes. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)