O‘tgan mavsum "Navbahor" safidagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Oston O‘runov yana legionerga aylandi. U faoliyatini Eronning "Persepolis" klubi safida davom ettiradi. Tehron klubi futbolchimiz transferini e’lon qildi.
«Oston O‘runov – qizil armiya askariga aylandi», - deyiladi Tehron klubi rasmiy sayti xabarida.
Shuningdek, fors klubi O‘runovning Osiyo kubogidagi ishtiroki va JCH-2026 saralashi doirasidagi O‘zbekiston – Eron o‘yinida gol va assistga mualliflik qilganini yodga olgan.
Rossiyalik insayder Ivan Karpovning yozishicha, o‘zbekistonlik futbolchi 1,5 yillik shartnomaga ko‘ra, Tehron klubida umumiy 900 ming AQSH dollari maosh oladi. Bu oyiga 50 ming dollar maoshni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, «Persipolis» Eron chempionatida 15-turdan keyin 3-o‘rinda bormoqda. Klub 30 ochko bilan peshqadam «Istiqlol»dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, milliy jamoamizning Osiyo kubogidagi ishtirokidan keyin Jaloliddin Masharipov ham Eronning «Istiqlol» klubiga ko‘chib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi