
Ma’lumki, ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida “Stranja” turniri davom etmoqda. Xabar berib o‘tganimizdek, bugungi kun dasturidan 5 nafar vakilimizning jangi o‘rin olgan edi. Hozirga kelib, ikki nafar bokschimiz o‘z janglarini yakunlashdi.
Ya’ni, -50 kg vaznda Sabina Boboqulova mezbonlar vakilasi Venelina Poptolevani 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, -57 kg vazn toifasida Humorabonu Mamajonova hindistonlik Sakshidan 3:2 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Oldinda uch nafar bokschimizning jangi kutib turibdi.
- 86 kg: Samandar Jalolov - Jugnoo (Hindiston).
-92 kg: Madiyar Saydrahimov - Marley Jack (Irlandiya).
+92 kg: Jahongir Zokirov - Sagar (Hindiston. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar