120
Markes Lopes: "Ikkinchi o‘rin bizni qoniqtirmaydi. Osiyoda eng kuchli ekanimizni isbotlashimiz kerak"
Iordaniya va Qatar termalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi final o‘yinidan oldin Qatar termasi ustozi Markes Lopes hal qiluvchi bahs haqidagi o‘zining yakuniy hulosalarini bayon qildi.
"Tiklanib olish uchun faqatgina ikki kun vaqtimiz bo‘ldi. Dam olish va qayta tiklanish final oldidan hal qiluvchi faktor bo‘ladi. Ayniqsa, final Iordaniya kabi kuchli raqibga qarshi ekanini hisobga olsak.
Barcha shogirdlarimga to‘liq ishonaman. Ular bu bosqichga munosib edilar. Har bir futbochimiz finalgacha bosib o‘tilgan yo‘lda o‘z hissasini qo‘shdi. Bu falsafamizning ajralmas qismi.
Futbolchilar mashina emas. Ular tinmay yugurishadi, futbol o‘ynash qiyin. Afif, Almoyez va Al Haydoslarni o‘zgartirib turishimiz tabiiy holat. Hech qaysi o‘yinchi 90 daqiqa yuqori tempda o‘ynolmaydi. G‘alaba qozonish uchun barchasini qilamiz.
Finalda doim bosim bo‘lgan. Turnirda katta sensatsiya qayd etayotgan Iordaniyaga qarshi bu bosim yanada katta bo‘ladi. Biroq, biz vazmin holatdamiz, nima qilishni yaxshi bilamiz. Ikkinchi o‘rin bizni qoniqtirmaydi. Osiyoda eng kuchli ekanimizni isbotlashimiz kerak", - deydi Markes Lopes.
Eslatib o‘tamiz, Iordaniya va Qatar termalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi final o‘yini 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”