197
Ernan Krespo: "Biz bor e’tiborimizni "Nasaf" futbolchilariga emas, o‘z o‘yinimizga qaratganmiz"
Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" OCHL 1/8 final bosqichida BAAning "Al Ayn" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va uning ikkinchi qismida "Al Ayn" ustozi Ernan Krespo hamda yarim himoyachi Sofiyan Rahimi ishtirok etdi.
"Hammaga salom. Ushbu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni yaxshi o‘yin kutib turibdi. Oldinda hali javob uchrashuvi bor. Albatta, ertangi bellashuv ham ancha muhim. Ko‘ramiz, maydonda nima bo‘larkin".
Sofiyan Rahimi: "Bo‘lajak bahsga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Menimcha, o‘zim ham o‘yinga to‘liq tayyorman. O‘ylashimcha, chiroyli o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erisha olamiz".
- "Nasaf" o‘yindlarini qay darajada kuzatdingiz. Siz argentinaliksiz, ampluangiz hujumchi va qarshiliklar o‘yinini qanday baholaysiz?
- "Albatta, raqiblarimizni hurmat qilamiz. O‘ziga xos o‘yin uslubiga ega, qiyin jamoa. Biroq biz hech nimaga qaramay, o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishish uchun harakat qilamiz".
- "Nasaf" rasmiy uchrashuvlar o‘tkazgani yo‘q. Mehmonlar kubok bahsida maydonga tushgan. Murabbiy jamoasini bo‘lajak o‘yinga qanchalik tayyorlay oldi?
- Umumiy olganda har ikki jamoaning vaziyati bir xil. Biz ham ma’lum vaqt davom etgan tanaffusdan keyin bitta bahs o‘tkazdik. Biroq bu vaqt oralig‘ida ham o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdik. Umid qilamanki, biz o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘ra oldik.
- "Al Ayn" avvalroq "Paxtakor" bilan o‘ynadi. Toshkent jamoasi bilan "Nasaf"ning farqi borasida fikringiz...
- Bu umuman boshqa vaziyat. "Paxtakor" bilan guruh bosqichida o‘ynadik, hozir esa pley-off bosqichida turibmiz. Shunday ekan vaziyat ham, o‘yin xarakteri ham umuman boshqacha. Shuning uchun bundan ortiq bir nima deya olmayman.
Sofiyan Rahimi: "Murabbiyimizning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Bu boshqa-boshqa vaziyat. Nima bo‘lganda ham biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz".
- Nima uchun Qarshiga 3 nafar yetakchi futbolchingizni olib kelmadingiz?
- Vaziyat shundayki, qisqa muddat ichida bir nechta musobaqa o‘yinlarini o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelyapti. Shu sababli ba’zi futbolchilarimizni bu yerga olib kela olmadik. Biroq bor tarkibimiz bilan ham kerakli natijaga erishish maqsadimiz bor.
- "Nasaf" tarkibida kimlarni alohida qayd etgan bo‘lardingiz?
- Biz bor e’tiborimizni o‘zimizga, o‘z o‘yinimizga qaratganmiz.
- "Al Ayn" himoyaviy futbolni xush ko‘radi. Ertaga bu borada vaziyat qanday bo‘ladi?
Sofiyan Rahimi: Qanday taktikadan foydalanish haqida gapirmaslikni ma’qul ko‘raman. Bu murabbiyning ishi. Biz yaxshi natija uchun kelganmiz. Shuning uchun men o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman.
- Xalqaro maydonda jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
- Hozirda asosiy maqsadimiz — ertangi bellashuvda ijobiy natijaga erishish. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi