date

Joze Mourino: Hozirgi «MYu» bilan oxirgi ikki-uch yildagi «MYu» o‘rtasidagi farq ko‘rinib turibdi

Joze Mourino: Hozirgi «MYu» bilan oxirgi ikki-uch yildagi «MYu» o‘rtasidagi farq ko‘rinib turibdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Mankunianliklar APLda ikki turda 6 ochko jamg‘arishgan.

- Menimcha hozirgi «MYu» bilan oxirgi ikki-uch yildagi «MYu» o‘rtasidagi farq ko‘rinib turibdi. Jamoa ancha kuchaydi va boshqacha o‘yin namoyish qilmoqda. Bu holat hatto muxlislarning holatidan ham ko‘rinib turibdi. Shunday ekan, hozir ishlarimiz joyida.

Albatta biz ochko yo‘qotamiz, ammo qancha kech yo‘qotsak, shuncha yaxshi. Mavsum boshidanoq ochko yo‘qotishga tushib ketsang, keyin boshqalarni quvishga to‘g‘ri keladi. Yaxshisi yutqazmagan ma’qul. Ammo hozir eng muhimi - o‘yinimizni yaxshilash.

Menimcha biz bu ishni uddalamoqdamiz. Balki hozircha o‘yinimizni beqiyos deb atab bo‘lmas, ammo umid qilamanki, u shunday bo‘ladi, - deydi Mourino.

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: Hozirgi «MYu» bilan oxirgi ikki-uch yildagi «MYu» o‘rtasidagi farq ko‘rinib turibdi