18:05 / 18.02.2024
114

Sterling va Dvalashvilini kurashda qiynagan o‘zbek jangchisi ularning qay biri kuchli ekanligini aytdi

Sterling va Dvalashvilini kurashda qiynagan o‘zbek jangchisi ularning qay biri kuchli ekanligini aytdi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Suhrobbek Otajonov UFCning o‘ta yengil vazn (61,2 kg) toifasi sobiq chempioni Aldjo Sterling hamda ushbu divizionni TOP jangchisi Merab Dvalashvili bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etib, sparring janglarda har ikkisiga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan edi va qaysidir ma’noda ularni kurash borasida qiynab ham qo‘ygandi.

Biz ushbu jarayonlar borasida va ularning kuchli jihatlari haqida sportchimizni fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo, “Oktagon 55” turniridagi ajoyib g‘alabangiz bilan tabriklaymiz!
- Rahmat.

- Siz Aldjo Sterling va Merab Dvalashvili bilan kurash borasida bellashib ko‘rdingiz. Ularning kuchli jihati nimada ekan?
- Ha, ular bilan bir necha marotaba kurash tushdik. Merabga to‘xtaladigan bo‘lsak, bizdan u qadar kuchlidek ko‘rinmadi. Ba’zi vaziyatlarda undan yaxshiroq ekanman. Uning aynan mendan kuchli jihati, ancha tajribali ekanligida deb ayta olaman.

- Aldjo va Dvalashvili bilan ham kuch sinashdingiz. Aytingchi, ularning o‘zaro jangida kimning imkoniyati yuqori, deb o‘ylaysiz?
- To‘g‘risi, bu savolni javobi qiyin. Chunki ikkisi ham o‘z vazn toifasida jahonning eng kuchli sportchilari hisoblanadi. Menimcha 60/40 Sterling kuchliroq deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sterling va Dvalashvilini kurashda qiynagan o‘zbek jangchisi ularning qay biri kuchli ekanligini aytdi