17:33 / 23.02.2024
190

Kibersport. "Lochinlar" Aleksandr Kostilevga oyiga 1 mln. dollar to‘laydi

Kibersport. "Lochinlar" Aleksandr Kostilevga oyiga 1 mln. dollar to‘laydi
19 fevral kuni nafaqat Counter-Strike, balki kibersport olamining eng mashhur insonlaridan biri Aleksandr "s1mple" Kostilev faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.

Dunyoning eng boy klubi sifatida tanilayotgan "Falcons" ("lochinlar") kibersport olamining eng mashhur o‘yinlarida o‘zining jamoalarini shakllantirishda davom etmoqda. Ular futboldagi kabi har bir o‘yin uchun eng kuchli va eng mashhur kibersportchilarni yig‘ib, jamoa tuzishmoqda.

Counter-Strike tarkibini maksimal darajada kuchaytirishni istagan "lochinlar" 2023 yilning oxirida ko‘plab kuchli kibersportchilarni o‘z safiga chaqirdi va juda katta maoshlar taklif qildi. Ularning so‘nggi transferi kibersport olamining yorqin yulduzi Aleksandr "s1mple" Kostilev bo‘ldi. NAVI safidagi super o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning mehrini qozongan s1mple faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi. U jonli efir payti yangi klubida qancha maosh olishini aytdi:

"Falcons" dagi maoshim? Oyiga 1 mln. dollar. O‘zimni kibersportchi emas, futbolchidek his qilyapman" - deydi Aleksandr Kostilev.

Saudiya Arabistonining "Falcons" jamoasi 2024 yilning 10 fevralida yakunlangan IEM Katowice turnirida 3-4-o‘rinni egallab, 80 000 dollarni qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kibersport. "Lochinlar" Aleksandr Kostilevga oyiga 1 mln. dollar to‘laydi