
Taniqli murabbiy Tomas Tuxelning “Bavariya”dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. Myunxen klubi germaniyalik mutaxassis mavsum yakunlanishi bilan joyini bo‘shatib berishi haqida rasmiy ma’lumot ham tarqatib ulgurdi.
“Bavariya” mutasaddilarida Tomas Tuxel olib kelgan o‘yinchilarning jamoadagi kelajagi shubha uyg‘otmoqda. Xususan, Angliyadan taklif etilgan himoyachi Erik Dayerga uzoq muddatli shartnoma berilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bild nashri yozdi.
30 yoshli futbolchi yanvar oyida Tomas Tuxel talabi bilan “Tottenxem”dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan edi. Kelishuvga ko‘ra, Dayer ma’lum miqdordagi o‘yinlarda qatnashsa, myunxenliklar uni 3 million yevroga sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Ayni paytda “Bavariya” Tomas Tuxelning o‘rnini egallaydigan mutaxassis qidirmoqda. Jamoa tarkibining qanday bo‘lishi, kimlar qolib, kimlar ketishi ko‘p jihatdan yangi bosh murabbiyga bog‘liq bo‘ladi.
BavariyaTomas TuxelMyunxen klubiFutbolchi Erik DayerO'yinlarda QatnashishMurabbiy Qidirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar