
"Al-Vahda" klubi BAA chempionati 14-turi doirasida "Al-Batex" bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida yagona golni Petrus Bumal kiritdi. Mehmonlarning ikki goli esa Ahmad Nurillohi va Hojimat Erkinov nomiga qayd etildi. Uchrashuvning 78-daqiqasida o‘ng qanotdan uzatmadan keyin jarima maydonchasi markazidagi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Aynan shu to‘p "Al Vahda"ga g‘alaba keltirdi. Hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirgan hamyurtimiz Erkinov o‘zining jamoasidagi ilk golini urdi.
Shu tariqa, Abu Dabi jamoasi turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 24 ochko mavjud.
BAA Chempionati.
"Al Batayex" — "Al Vahda" 1:2
Gollar: Petrus Bumal — Axmad Nurllohi, Hojimat Erkinov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar