"Paxtakor" jamoasi yangi mavsumga yoshargan tarkib bilan kirib kelmoqda. Garchi bir nechta yetakchilar jamoani tark etgan bo‘lsada, klub Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran kabi tajribali ijrochilarni olib qolishga erishdi. Ayniqsa bir necha yillardan beri to‘purarlikni hech kimga bermayotgan Cheran bu yil ham to‘purarlikni qo‘lga kiritmoqchi ekanini bildirdi.
- "Paxtakor" yangi mavsumga tayyormi?
- O‘ylaymanki, yetarli darajada hozirlik olib bordik. 3 oy tayyorgarlik uchun kam vaqt emas. Shunday ekan biz ilk o‘yinga shay holatdamiz.
- Avvalgi mavsumlarga qaraganda bu safar nima kutyapsiz?
- Jamoamizda o‘zgarishlar yuz berdi. Tarkibimizda yosh futbolchilar bor. Ular o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak. Bildirilgan ishonchni oqlashlari lozim. Mavsumni qaysi o‘rinda tugatishimizni vaqt ko‘rsatadi.
- Transfer oynasining so‘nggi kunida "Navbahor" qiziqish bildirgani rostmi?
- Men doim ochiqman. Hozir esa "Paxtakor" bilanman. Klub bilan shartnomam bor. Boshqa hech narsa deya olmayman.
- Bu yil shaxsiy maqsadingiz qanday?
- Yana to‘purar bo‘lmoqchiman. Nechta gol uraman? Nechta bo‘lsa shuncha. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi