SSKAning o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev uning "qizil-ko‘k"lar lageriga ko‘chib o‘tishiga vatanidagi munosabat haqida gapirdi.
“SSKAga o‘tganimda, O‘zbekistonda dastlab barcha salbiy munosabat bildirdi. Hamma kichik jussam tufayli RPLda o‘ynay olmasligimni va tezda O‘zbekistonga qaytishimni bashorat qilishdi. Ammo vatandoshlarimning bu so‘zlari menga faqat turtki berdi.
RPLni "o‘lik" liga deb atagan "Paxtakor" murabbiyining so‘zlarini o‘qidim. Takror aytaman, u shunday munosabat bildirganlardan biri edi. Men u va boshqalar xato qilganini isbotlamoqchiman”, - dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev o‘tgan yozda "Paxtakor"dan Moskva klubiga o‘tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?