20:47 / 02.03.2024
183

Jamshid Saidov: "Bugun "Bunyodkor" legionerlari yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi"

Jamshid Saidov: "Bugun "Bunyodkor" legionerlari yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi"
Superliga 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” - “Qizilqum” (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘yin haqida
- Avvalo, mavsum starti bilan futbol ahlini tabriklayman. Birinchi taymda yaxshi o‘ynadik, ikkinchi taymdagi o‘yinimiz esa biroz ranjitdi. G‘alabadan mamnunman. Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman.

- “Qizilqum” 10 ballik tizimda hatto 15 ballga loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Jamoada zaxira o‘rindig‘i tor. Shu haqda nima deya olasiz?
- Ha, bugun zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirishmadi. Zaxiradan tushganlar yosh bo‘lganliklari uchun uncha o‘xshamadi.

- “Bunyodkor” haqida nima deya olasiz?
- Bunyodkor kuchli raqib. Bugun ularning legionerlari yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi.

- Ayrim pozitsiyalarda futbolchilarni o‘z joyida o‘ynatmadingiz. Masalan, Azizbek Usmonov va Sherzod Fayziyevni…
- Ha, ularni boshqa joyda o‘ynatishga qaror qildim. Umuman olganda, ular boshqa pozitsiyalarda ham o‘ynay oladi. Bu tabiiy hol.

- 65-daqiqadan so‘ng jamoa charchab qolgandek tuyuldi…
- Ha, bu sezildi. Masalan, zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchsizlantirishdi.

- Lobjanidze va G‘iyosov qachon safga qaytishadi?
- Ular hozirda jarohatlarini davolash bilan band. Tez oraada ularni maydonda ko‘rasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamshid Saidov: "Bugun "Bunyodkor" legionerlari yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi"