
Meksika terma jamoasini 2005 yildan beri qo‘riqlab kelayotgan Gilermo Ochoa faoliyatidagi yubiley 1000-golini o‘tkazdi. "Kalyari"ga qarshi bahsda posbon o‘z darvozasidan 4 ta gol olib chiqqan bo‘lsa, shulardan ikkitasini Eldor Shomurodov urdi. Shuningdek hujumchi "Spetsiya" - "Salernitana" bahsida ham meksikalik darvozabonni ranjitgandi.

Meksika va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida hamyurtlarimiz Ochoa qo‘riqlagan darvozaga 3 ta gol urib, durang natija qayt etishgandi. O‘sha o‘yinda dastlab Bobur Abduholiqov hisobni ochgan bo‘lsa, Raul Ximines imkoniyatlarni tenglashtirgan. Taym so‘nggida esa Azizbek Turg‘unboyev jamoamizni oldinga olib chiqqan, lekin mezbonlar ikki marta darvozamizni ishg‘ol qilib, oldinga o‘tib olgan. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov super goli bilan O‘zbekistonni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ochoaning o‘tkazgan mingta golidan 6 tasi o‘zbeklarga tegishli. Uning darvozasini Shomurodov 3, Shukurov, Turg‘unboyev va Abduholiqovlar bir martadan ishg‘ol qilishgan.
Meksika Terma JamoasiGilermo OchoaO‘zbekiston Terma JamoasiEldor ShomurodovBobur AbduholiqovRaul Ximines O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing