17:40 / 11.03.2024
87

Ruslan Abdullayev Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Ruslan Abdullayev Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Itaoiyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadaga yo‘llanmani taqdim etuvchi turnirda -63,5 kg vazn toifasidagi bokschimiz Ruslan Abdullayev muvaffaqiyatli odimini davom ettirishi barobarida Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.

U ushbu litsenziyani serbiyalik Aleksey Sendrikga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi. 1 va 2-raundlarda anchagina ishonchli harakat qilgan yurtdoshimizdan 3-raundda bir ochko olib tashlandi. Biroq, yurtdoshimiz yakunda 3-1 hisobida g‘alabani qayd etdi va yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, 4 yillikning eng nufuzli turniriga yo‘llanmani naqd qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslan Abdullayev Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi