
Superliga 2-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jamshid Saidov: "G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Ketma-ket ikkinchi o‘yin ikkinchi taymda yaxshi harakat qila olmayapmiz, ammo shunga qaramay 3 ochko uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman" Muxlislik uchun kelgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.
- "Qizilqum" jamoasi oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
- Jamoamiz maqsadi: o‘tgan mavsumdan yaxshiroq natija qayd etish.
- Jamoa nega ikkinchi bo‘limda o‘yinni susaytirib yuboryapti?
- Menimcha psixologiya. Muvaffaqiyatli birinchi bo‘limdan so‘ng yigitlar g‘alabaga erta ishonib qo‘yishmoqda. Hech qanday jismoniy muammolar yo‘q. Dastlabki turlar o‘tib olgandan so‘ng hammasi o‘z joyiga tushib ketadi deb o‘ylayman.
- "Qizilqum" mart oyida "Nasaf" va "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahslarda jamoaning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Chempionatda yengil o‘yinlar bo‘lmaydi. Nimaga qodirligimizni ko‘rsatishga urinamiz. Albatta ijobiy natijani reja qilganmiz.
- Jamoaga gruziyalik hujumchi (Elguja Lobjanidze) taklif qilingan edi. Uning jarohati bormi, bo‘lsa qachon qaytadi?
- Ha, unda shikastlanish bor. Ular tarkibimizda, shartnoma imzolaganmiz. U safga qaytishi bilan hujumchi xizmatidan foydalanamiz.
- Robert Ozols Latviya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Keyingi turlarda boshqa darvozabon xizmatidan foydalanasizmi?
- U ortga qanday holatda qaytishiga qaraymiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar