Bir hafta muqaddam O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida “Yoshni kichraytirish bilan bog‘liq masala Liga tomonidan prokuraturaga oshirilgani” bo‘yicha maqola chop etilgan edi. Maqolada “Bunyodkor” U-19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi kunda yuridik tomondan klubga tegishli bo‘lmagan futbolchining ishi bo‘yicha Samarqand viloyati prokuraturasiga murojaat yo‘llangani bildirilgan.
“Bunyodkor” futbol klubi mazkur ish bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Professional futbol ligasi nazarda tutgan futbolchi 2022 yilning yanvar oyida “Bunyodkor” futbol klubi bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Ya’ni, futbolchi “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi emas, balki voha klublaridan biridan "qaldirg‘ochlar" safiga qo‘shilgan. 2022 yilgi mavsumda “Bunyodkor” U-19 safida ro‘yxatdan o‘tgan, mavsum davomida jami 12ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bellashuvlarning 4tasini asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 8tasida zaxiradan qo‘shilgan. Umumiy hisobda 510 daqiqa maydonda to‘p surgan. 2023 yilning aprel oyida jamoaning yangi bosh murabbiyi Artur Kagirovning bildirgisi va tomonlarning o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilingan", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
“Bunyodkor” futbol klubi bu kabi ishlarga doimo qarshi bo‘lib kelgan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”