20:54 / 14.03.2024
209

"Lokomotiv" amaldagi chempion "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi

"Lokomotiv" amaldagi chempion "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maydon egalari safida gollarga Sardor Abdunabiyev, Damyan Krayishnik va Ivan Bulatovich mualliflik qildi.

Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Paxtakor" esa 4 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onani band etib turibdi.

"Lokomotiv" — "Paxtakor" 3:0
Gollar
: Sardor Abdunabiyev 20, - 1:0 (Ivan Bulatovich). Damyan Krayishnik 38 penalti, - 2:0. Ivan Bulatovich 47, - 3:0 (Sanjar Tursunov).

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 55. Anzur Ismoilov, 4. Ivan Rogach, 14. Dilshodjon Komilov, 8. Damyan Krayishnik (77.Lazizbek Mirzayev, 87), 17. Sanjar Tursunov (23.Jahongir Hoshimboyev, 87), 26. Abdulloh Yo‘ldoshev (70.Abubakirrizo Turdialiyev, 81), 22. Muhammadanas Hasanov, 7.Sardor Abdunabiyev (27.Sobit Sindarov, 90+2), 10.Ivan Bulatovich (15.Jasurbek Hakimov, 81).
Zaxira: 32. Suhrobjon Sultonov, 6.Sherzod Komilov, 11.Izzatilla Abdullayev.

"Paxtakor": 35. Pavel Pavlyuchenko, 77. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov (40. Kimi Merk, 46), 2. Bexruzbek Asqarov, 22. Umar Adhamzoda, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 18. Saidumarxon Saidnurullayev, 8. Diyor Xolmatov, 17. Dostonbek Hamdamov (31. Muhammadali Usmonov, 73), 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 10. Dragan Cheran.
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 19. Sunnatilla Poyonov, 14. Nurlan Ibraimov, 24. Kirill Todorov, 29. Muxriddin Pazildinov, 99. Abbos Ergashboyev.

Ogohlantirishlar: Ivan Rogach 8, Anzur Ismoilov 71, Abdulloh Yo‘ldoshev 76, Dilshod Komilov 79, Kimi Merk 85.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" amaldagi chempion "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi