date
views 283

Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"

Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs yakuniga yetgach, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bizning kunimiz bo‘lmadi. Yoshlarda barqarorlik yetishmaydi, raqiblarga vaziyatlarni o‘zimiz sovg‘a qildik. Ular o‘sha holatlardan foydalanib, gol urib ketishdi. Barchasida yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik.

Sobirxo‘jayev markazda hujumlarimizni rivojlantirardi, bog‘lovchi bo‘lib berardi. U betob bo‘lib qoldi va bizga yetishmadi. Abdumannonov ham o‘ziga kela olmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shatskix derbidagi mag‘lubiyat haqida: "Yo‘q joydan o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik"
-->