Superliga uchinchi turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. To‘rtta gol, juda ko‘p vaziyatlar. Bu o‘yinga juda kuchli tayyorgarlik ko‘rgandik. To‘g‘risi, bugungi uchrashuvdan ko‘proq narsa kutgandim. 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Futbol shunaqa sport turi. Gol urmasang, senga gol urishadi. Birinchi taym oxirida gol o‘tkazib qo‘ydik. Konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. Standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. Standart vaziyatlar bizning ustunligimiz bo‘lishi kerak edi. Yigitlar bilan tanaffusda suhbatlashib olgandim. Birinchi bo‘lim so‘ngida o‘tkazib yuborilgan gol ikkinchi bo‘limda bizga ruhan ta’sir qilmaydi deb o‘ylagandim, ammo bunday bo‘lmadi.
Yigitlar harakat qilishdi, ularga e’tiroz yo‘q. Bor kuchlarini ishga solishdi. Golli vaziyatlardan foydalanish kerak. Durang adolatli natija deya olaman.
Legionerlarimiz qaytishgani yaxshi bo‘ldi, ammo ular hali bor kuchlarini tiklab olishmagan. Buni ikkinchi bo‘limda sezdik. Oldimizda 15 kun bor. Unga qadar jamoa tiklanib oladi deb o‘ylayman", - deydi Ivan Boshkovich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”