23:46 / 15.03.2024
125

Vitaliy Levchenko: "Futbolda raqobatning o‘rni muhim"

Vitaliy Levchenko: "Futbolda raqobatning o‘rni muhim"
Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘zlaring ko‘rdinglar, bugun "Metallurg" bizga juda qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Og‘ir o‘yin, vaziyatlarni yuzaga keltirish oson bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda natijaga erishdik. Yigitlardan minnatdorman. Shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga jamoamiz nomidan alohida raxmat aytaman.

- Manuchehr Safarov, Diyor Turopov kabi futbolchilarni o‘yin boshidanoq tushirsa bo‘lmasmidi?
- Futbolda raqobat kerak. Raqobat bor joyda futbolchi o‘sishga erishadi. Tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishimiz kerak. Hali oldinda uzoq mavsum bor, barchaning jismoniy holatini birdek ushlab borishimiz zarur. Futbolchi ketma-ket o‘ynayversa yoki yana kimdir zaxirada qolaversa, bu ruhiyatga ham ta’sir ko‘rsatadi.

- Bilolxon Toshmirzayevning almashtirilishiga sabab nima? U ko‘rsatgan o‘yindan qoniqmadingizmi?
- Yo‘q, uni kartochka xavfi bor ekani uchun almashtirdik. Juda ko‘p vaziyatlarda ishtirok etdi. Toshmirzayev tezkor futbolchi, birinchi bo‘limda uning tezkorligidan foydalanib hujumlar tashkil etishni reja qilgandik.

- Manuchehr Safarov ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Nega o‘yin boshidanoq asosiy tarkibga kiritilmadi?
- Safarov yetakchi futbolchi. Sekin-sekin jamoamizga moslashib borayapti. Hali oldinda undan ko‘p narsalarni kutayapmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Futbolda raqobatning o‘rni muhim"