Fransiya futboli, xususan “Lans” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan lensois.com sayti jurnalisti Kristof Shaad jamoaning o‘zbekistonlik legioneri Abduqodir Husanov tez orada klubni tark etadi, deb xabar tarqatdi.
Bunga sabab – 20 yoshli markaziy himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasidan mart oyida bo‘ladigan o‘yinlar uchun taklif olganidir.
Abduqodir Husanov 2023 yilning iyun oyidan milliy terma jamoa a’zosiga aylangan. Yosh bo‘lishiga qaramay, bosh jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga hisoblanadi. Hozirgacha Abduqodir xalqaro miqyosda o‘nta uchrashuvda qatnashib ulgurdi.
Xususan, ikki yil avval Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Husanov mahoratini yana bir karra namoyish qilib, bellashuvlarda ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi.
Mart oyidagi FIFA kunlari davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita muhim uchrashuvda qatnashadi.
Srechko Katanes shogirdlari 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Gonkong jamoasi bilan ikki marta kuch sinashadi. Dastlabki bahs 21 mart kuni raqib maydonida tashkil etiladi.
26 mart kuni bu ikki terma jamoa Toshkentda o‘zaro to‘qnash keladi.
Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash bosqichida ikkita tur o‘tkazilgan. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida to‘rt ochko to‘plab, to‘plar nisbatiga ko‘ra, Erondan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhdagi Turkmaniston va Gonkong bittadan ochko jamg‘argan. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar keyingi bosqichga chiqadi, - deb yozdi lensois.com sayti jurnalisti Kristof Shaad.
Bundan tashqari, Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ishtirokini yakunlab, “Lans”ga qaytganidan keyin ham bitta uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Yosh himoyachimiz “Lans”ning “Brest” bilan bo‘lgan g‘alabali o‘yinida ogohlantirilgan. Bu mahalliy miqyosdagi musobaqalardagi o‘nta uchrashuvdagi uchinchi sariq kartochka hisoblanadi.
Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Abduqodir Husanov bitta o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida qaror chiqardi. Bu qaror 27-turdan o‘rin olgan “Lill” – “Lans” derbisiga to‘g‘ri keladi. Bir xil – 42 tadan ochko jamg‘argan bu ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvi 29 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq professional futbolchilik faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali Fransiya vitse-chempioni – “Lans” mutasaddilari nazariga tushgan o‘yinchi o‘tgan yozda lansliklar bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
Fransiyadagi ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirgan Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans” safida Liga 1, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarida ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi