Foto: Reuters
Fransiya Rossiyaga Olimpiya o‘yinlari paytida Ukrainaga qarshi o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa mazkur taklifga javob qaytardi.
Taklif Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qaratilgan. Parij 2024-yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
“Mezbon davlatning qoidasi, ta’bir joiz bo‘lsa, Olimpiya harakati bilan hamqadam bo‘lishdir. Biz Olimpiya qo‘mitasi qaroriga ham amal qilamiz. Qo‘mita Rossiya davlat sifatida bu o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi, degan qarorga kelgan. Ammo atletchilar oq bayroq ostida faqat sportchi sifatida qatnashishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Albatta, sportchilardan bunday vaziyatda foydalanmasliklari uchun ularning chiqishlarini jamoaviy va diqqat kuzatib boramiz”, — dedi Emmanuel Makron.
U butun dunyo tinchlik va bag‘rikenglik xabarini eshitishini, Ukraina esa o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq tiklashini istashini ta’kidladi. Shu bilan birga, Fransiya rahbari ruslar hozir Rossiyada hukmronlik qilayotgan rejimni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. Makron Fransiya Rossiyadan Olimpiya o‘yinlari vaqtida o‘t ochishni so‘rashini ta’kidladi.
“Ha, biz buni so‘raymiz”, — dedi u. Fransiya prezidenti aniq taklif va qarorlar bilan Ukrainaga tashrif buyurishini ham aytdi.
Rossiya TIV munosabati
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova o‘t ochishni to‘xtatish taklifi o‘rniga Fransiyani Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Men Makronga tinch aholini o‘ldirish uchun ishlatiladigan qurollarni yetkazib berishni to‘xtatish, shuningdek, terrorizmga homiylik qilishni to‘xtatish bo‘yicha javob taklifi bilan chiqmoqdaman”, — dedi u.
Moskva, shuningdek, Fransiya prezidentini Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlariga ham xuddi shunday taklif bilan chiqishni taklif qiladi.
“Albatta, ko‘p narsa Fransiyaning so‘zlariga bog‘liq”, — deya qo‘shimcha qildi Mariya Zaxarova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”