Fransiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Lans” tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub skautlari yana bir iqtidorli futbolchini topdi.
“Lans” Liga 1 jamoalari orasida himoyasining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, lansliklar grand klublardan farqli ravishda qimmatbaho o‘yinchilarni emas, transfer summasi kam, lekin salohiyati yuqori hali tanilmagan futbolchilarni olishga alohida e’tibor qaratadi.
Xususan, bunga Abduqodir Husanovni misol qilish mumkin. Fransiya vitse-chempioni o‘tgan yili o‘zbekistonlik himoyachini olish uchun Belarusning “Energetik-BGU” jamoasiga yuz ming yevro miqdorida badal puli to‘ladi.
Iste’dodli yosh futbolchimiz “Lans”ga ko‘chib o‘tganidan keyin Fransiya chempionatida maydonga tushgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Joriy mavsumda 20 yashar himoyachi milliy chempionatda o‘nta, UYEFAning eng nufuzli ikki turniri – Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida ikkitadan uchrashuvda qatnashdi.
Abduqodir Husanov o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarda ishonchli xatti-harakatlari orqali muxlisu mutaxassislarning e’tibori va e’tirofiga loyiq topildi.
Qolaversa, markaziy himoyachimizning transfer summasi ham bir necha baravar ko‘tarilgan. Husanov “Lans”ga o‘tgan paytda uning narxi 400 ming yevroni tashkil qilgan edi. Muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli bu summa keskin oshdi va hozirgi paytda hamyurtimiz transfermarkt.world ekspertlari tomonidan 2 million yevroga baholanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Belarus oliy ligasidan olib kelingan Abduqodir Husanov transferi o‘zini oqlagani bois, “Lans” rahbariyati ushbu mamlakat yuqori divizionidan yana bir o‘yinchini olib kelishga qaror qildi.
Bu gal fransuzlar nishoniga BATE himoyachisi Sidi Bane tushdi. Belarus futbolini yoritib kelayotgan jurnalist Vladislav Taturning ma’lum qilishicha, 20 yoshli senegallik himoyachi “Lans”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Bane BATEga 2022 yilning aprelida Senegaldan olib kelingan edi. O‘tgan mavsum 15 ta uchrashuvda qatnashgan himoyachi uchta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Kuzda iste’dodli himoyachiga Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Jazira” klubi xaridor bo‘lgandi. Biroq futbolchi jarohat olgani tufayli bu transfer amalga oshmay qoldi.
Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, “Lans” mutasaddilari bu transferni amalga oshirish uchun BATEga 300 ming yevro atrofida badal puli to‘lashga tayyor.
Sidi Banening borisovliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 31 dekabrigacha imzolangan. Bu futbolchi himoya markazida to‘p suradi. Demakki, senegallik o‘yinchi “Lans”ga o‘tadigan bo‘lsa, bevosita Abduqodir Husanovning raqobatchisiga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”