O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov o‘tgan yili Fransiya emas Turkiya klubiga o‘tishga yaqin bo‘lgan ekan.
"O‘tgan yil Argentinada o‘tgan U-20 Jahon chempionatidan keyin Istanbulga uchib borgandim. U yerda Abduqodir Husanov bo‘yicha "Fenerbaxche" klubi bilan muzokara o‘tkazdim. Turk klubidagilar avval Edin Jekoning transferini hal qilishimiz kerak deyishdi. Sababi muxlislarga mashhur yulduzni tanishtirishimiz kerak, keyin Husanov masalasiga qaytamiz deyishdi va 2 hafta o‘tib ketdi.
Bu orada "Lans" varianti paydo bo‘ldi va Fransiya klubi "otni qamchilab qoldi". Fransiya klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishdik. Bir narsani aytishim mumkinki "Fenerbaxche" klubining taklifi moliyaviy tomonlama "Lans"dan ancha ustun edi. Biroq biz og‘zaki kelishuvni buzmadik", - dedi Husanovning agenti Gayrat Xasbiullin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”