
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu "Roma"dan ketgani sababini tushunmayotganini aytdi.
"Iste’foda pichoqqa ilinadigan biror gap yo‘q. Tushunmayapman, qanday qilib jamoani ketma-ket ikki marta yevrokubok finaliga olib chiqqan murabbiyni ketkazib yuborish mumkin? Bu yagona g‘alati narsa holos.
Janob Tiagu Pintuning intervyusiga to‘xtaladigan bo‘lsak, to‘g‘risini aytaman, ular men uchun qiziq emas, shu sababli ularni o‘qish va eshitish uchun bir soniyamni ham sarflamayman.
Hech qanday qiziqishlarim ham yo‘q. Ular bilan yana birgalikda ishlashimiz mumkinmi? Yo‘q, albatta, yo‘q. Ba’zi narsalar meni yana bir bor takrorlashga undaydi. Lekin bunday holatda bu ilojsiz", - dedi Mourinyu.
Joze "Roma" bilan 2021/22 yilgi mavsumda Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2022/23 yilgi mavsumda Yevropa ligasi finaliga olib chiqdi.
Joze MourinyuRoma JamoasiYevrokubok FinaliIste’fo SababiQiziqishlarTiagu Pinto O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar