15:35 / 25.03.2024
252

Gonkong bosh murabbiyi: "Biz O‘zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik"

Gonkong bosh murabbiyi: "Biz O‘zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik"
JCH-2026 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Gonkong o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida Gonkong bosh murabbiyi Yorn Andersen va futbolchi Vu Chun Min ishtirok etdi.

"O‘tgan hafta Gonkongda o‘tgan birinchi o‘yinda bizga oson bo‘lmadi. Ammo biz O‘zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik. FIFA reytingida farq katta, ertaga munosib o‘yin ko‘rsatishga urinamiz. O‘zbekiston Eron singari kuchli jamoa. Ertaga g‘alaba uchun kurashamiz, biz o‘yindan o‘yinga o‘sib boryapmiz. Ushbu bosqichdagi o‘yinlar kelajakda tajriba bo‘lib xizmat qiladi", - dedi Yorn Andersen.

"Birinchi o‘yin O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi, ammo biz jamoa o‘yinini tahlil qildik. Ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Vu Chun Min.

- Ertaga Srechko Katanes zahira o‘rindig‘ida bo‘lmaydi. Siz bosh murabbiy sifatida uning yo‘qligi haqida nima leysiz?
- Shuni aytishim kerakki, Katanes bilan yaxshi tanishman. Futbolchilik paytida u "Shtutgart"da men "Ayntraxt Frankfurt" safida o‘ynaganimizda to‘qnash kelganmiz. Murabbiy sifatida ham yaxshi bilaman. Uning yo‘qligi jamoaga katta ta’sir qiladi deb o‘ylamayman. Katanetsning kuchli yordamchilari bor.

- O‘tgan yilning o‘zida Gonkong U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 4 marta O‘zbekiston bilan to‘qnash keldingiz va 4 marta mag‘lub bo‘ldingiz. O‘tgan hafta ham yutqazdingiz. Siz uchun O‘zbekiston "qora tush"ga aylanib qoldimi?
- To‘g‘ri aytyapsiz o‘tgan yil O‘zbekistonga qarshi juda ko‘p to‘qnash keldim. Bir narsani tushuning, biz kichik futbol mamlakatimiz. Kuchli terma jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin. Osiyodagi eng kuchli 6 ta jamoani aytish mumkin bo‘lsa ular Yevropa darajasida futbol namoyish etadi. Birinchi o‘yindan keyin yangi taktikalarni sinab ko‘rdik. Agressiv o‘ynashga urinamiz, 5-6 nafar asosiy futbolchimiz bizga yordam bera olmaydi. Ammo biz ijobiy natijaga harakat qilamiz.

- Ertangi o‘yin qanchalik darajada muhim? Guruhdagi vaziyat bo‘yicha nima deysiz?
- Biz uchun guruhdagi har bir o‘yin juda muhim. Bir hafta oldin bir taym davomida gol o‘tkazmadik va yaxshi o‘ynadik, ammo xatoga yo‘l qo‘ydik va gol o‘tkazib yubordik. Ertaga o‘zimizning yaxshi tomonlarimizni ko‘rsatishga urinamiz.

- Gonkong matbuotida O‘zbekistondagi mashg‘ulot maydoni tanqid qilindi. Sizning mashg‘ulot maydoni borasidagi fikringiz qanday?
- Agar Gonkong matbuotida shunday yozilgan bo‘lsa, bu ularning ishi. Biz Eronda va boshqa mamlakatlarda mashg‘ulotlar o‘tkazdik. O‘zbekistondagi sharoitlar ulardan anchagina yaxshi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gonkong bosh murabbiyi: "Biz O‘zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik"